logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Professor-o’qituvchilar chekka hududlardagi yoshlar bilan muloqot qildi

view 272

Toshkent davlat agrar universitetining professor o’qituvchilaridan iborat jamoa yurtimizning chekka hududlarida bo’lib, ushbu joylarda istiqomat qiluvchi yoshlarni oliy ta’limga targ’ib qilish maqsadida o’quvchilar bilan suhbatlar o’tkazdi. Toshkent viloyatining Angren shahridagi maktablarda bo’lib o’tgan mazkur uchrashuvlar davomida mamlakatimizda navqiron avlod vakillariga yaratilayotgan imkoniyatlar, mavjud sharoitlar va Toshkent davlat agrar universitetida talabalarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatkar haqida ma’lumotlarni o’rtoqlashdi.

Samimiy kechgan suhbatlar davomida o’quvchilar universitetimizda mavjud yo’nalishlar va mutaxassisliklar bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.