Qabul-2025/2026
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
QABUL-2025/2026
2025/2026 o’quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich: Abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar test sinovi topshirish uchun ro’yxatdan o‘tadi hamda iyul, avgust oylarida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtixonlaridan o‘tkaziladi:
2-bosqich: Abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo’nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.
Bunda onlayn ro’yhatdan o’tish:
— Bakalavr: 5 iyun – 25 iyun
👉 my.uzbmb.uz;
— Magistratura: 1 iyul – 30 iyul
👉 magistr.edu.uz;
— Ikkinchi mutaxassislik: 10 iyul – 10 avgust
👉 my.edu.uz;
— O'qishni ko'chirish:
▫️ 15 iyul – 5 avgust (davlat OTMlarida) — transfer.edu.uz
▫️ Xorijiy va nodavlatdan davlat OTMga — my.uzbmb.uz
Izoh: ish vaqti soat 09:00 dan 18:00 ga qadar, tushlik 13:00 dan 14:00 ga qadar.
Dam olish kuni: Yakshanba
2025-2026 o‘quv yiliida bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Vazirlikning tegishli buyrug‘i bilan 2025-2026 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari o‘tgan yildagi qabuldek qoldirilgan.
Jumladan, barcha hujjat topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fandan test sinovlari bo‘lib o‘tadi. Bunda, ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) fanidan 10 ta, matematika fanidan 10 ta hamda O‘zbekiston tarixi fanidan 10 ta savol bo‘ladi. Umumiy 30 ta savol uchun 1,1 balldan jami 33 ball beriladi.
Shuningdek, bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fandan test sinovlari bo‘lib o‘tadi. Bunda, test topshiruvchilar birinchi fandan beriladigan 30 ta savol uchun 3,1 balldan jami 93,0 ball, ikkinchi fandan beriladigan 30 ta savol uchun 2,1 balldan jami 63 ball yig‘ish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Shu tariqa, test topshiruvchilar bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan ikkita fandagi 60 ta savoldan jami 156,0 ballga ega bo‘lishlari mumkin.
2025-2026 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
📌 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi.
📌 Mazkur fanlar majmuasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan.