• uzbekistan
  • uzbekistan
  • Русский
  • Oʻzbek
  • English

“QALQON” jamoatchilik guruhi faoliyati izchil davom etmoqda

view 44

Toshkent davlat agrar universiteti “QALQON” jamoatchilik guruhi talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni muntazam tashkil etmoqda.
Navbatdagi tungi reydda universitet yoshlar yetakchisi S.Muhammadaminov tomonidan guruh a’zolariga kerakli ko‘rsatma va tushuntirishlar berildi.

“QALQON” a’zolari tinch va xavfsiz muhitni ta’minlash yo‘lida har kuni mas’uliyat, tartib-intizom hamda fidoyilik bilan xizmat qilmoqda.