logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

«Qora goji» – ko‘z, yurak va immunitet uchun noyob tabiiy himoya!»

view 167

Dorivorligi:
Qora chingilning eng qimmatli xom ashyosi - uning mevalari.dir. Mevalar tarkibida kuchli antioksidantlar, jumladan antosianinlar, flavonoidlar, karotinoidlar, aminokislotalar, C vitamini va boshqa biologik faol moddalar mavjud. Ular tanani zararsizlantiradi, himoya tizimini mustahkamlaydi va ko‘plab kasalliklar xavfini kamaytiradi.
Ilmiy nomi:
Qora goji (Lycium ruthenicum Murray), xalq tilida ba’zan "Qora chingil", "Black goji berry" deb ham ataladi.
Xom ashyosi:
Mevalari (Fructus Lycii Ruthenici)
Shifobaxsh xususiyatlari:
Tanani erkin radikallardan tozalovchi kuchli antioksidant;
Yurak-qon tomir tizimini qo‘llab-quvvatlovchi;
Immunitetni kuchaytiruvchi;
Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar uchun foydali vosita;
Ko‘z nurini tiklashga yordam beruvchi;
Yallig‘lanishga qarshi va umumiy quvvatni oshiruvchi tabiiy vosita.
Qanday ishlatiladi?
Quritilgan mevalari fitochoy sifatida damlab ichiladi;
Kukun holida biologik faol qo‘shimcha sifatida iste’mol qilinadi;
Mevalaridan murabbo yoki sirop tayyorlanadi;
Ba;zi holatlarda sho‘rva yoki salatlarga ham qo‘shiladi.
Eslatma:
Mevalari kuchli ta’sirga ega bo‘lgani sababli, doimiy yoki ko‘p miqdorda iste’mol qilishdan oldin, ayniqsa ayniqsa homilador va surunkali kasalligi bor shaxslar shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.