logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Qo‘shma ta’lim dasturlari fakulteti Xorijiy tillar kafedrasida talabalar hamda xorijiy tillarni o‘rganishga qiziquvchi yoshlar uchun zamonaviy til kurslarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

view 32

Ochilish marosimida universitet rektori N. Obolomuradov hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi Kotibiyati boshlig‘i Sh. Ergashev ishtirok etib, yangi tashkil etilgan kurslarning ahamiyati, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda xorijiy tillarni o‘rganishning dolzarbligi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Endilikda ingliz, rus, yapon, xitoy, turk va nemis tillarini puxta o‘rganish imkoniyati yanada kengaydi. Mazkur kurslar talabalarga chet tillarini mukammal egallash, xalqaro ta’lim dasturlarida faol ishtirok etish, kelajakda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishish imkoniyatini yaratadi. Tadbir davomida zamonaviy o‘quv dasturlari, innovatsion yondashuvlar va interaktiv metodlar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ushbu tashabbus universitetda ta’lim sifatini oshirish, talabalarni xalqaro maydonga olib chiqish hamda ularning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamdi

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.