Universitetimiz jamoasi, aziz ustozlar va talabalar diqqatiga!
Joriy yilning 27-aprel kuni soat 09:30 dan boshlab Toshkent davlat agrar universitetida keng qamrovli tibbiy ko‘rik jarayonlari boshlanadi. Professor-o‘qituvchilar va talabalarning sog‘lig‘ini tizimli ravishda nazorat qilish, kasalliklarning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdan iborat.
Tibbiy ko‘rikda universitetning barcha professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ko‘rik davomida malakali mutaxassislar tomonidan umumiy salomatlik holati tekshirilib, zarur maslahat va tavsiyalar beriladi. Barcha jamoamiz a’zolarini belgilangan vaqtda tibbiy ko‘rikdan o‘tishga chorlab qolamiz. O‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligiga befarq bo‘lmang!
Salomatlik — eng oliy boylik: TDAUda tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi
27 Aprel 2026
