logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

SHAFFOFLIK ASOSIDA: UY-JOY KOMISSIYASI XODIMLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLARNI MUHOKAMA QILDI

view 158

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi PQ-216-sonli “Agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida agrar soha xodimlari uchun qulay ijtimoiy sharoitlar yaratish muhim ustuvor vazifa sifatida belgilab o‘tilgan. Xususan, mazkur qarorning “Yo‘l xaritasi” 40-bandida Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlar, yosh tadqiqotchilar hamda ishchi-xizmatchilar uchun universitet yer maydonida kamida 150 xonadondan iborat arzon narxlardagi zamonaviy turar-joy majmuasini qurish belgilangan. Bugun ushbu masala yuzasidan universitet rektori N.N.Oblomuradov boshchiligida Uy-joy masalalari bo‘yicha komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda uy-joy qurilishining borishi, narxlarning imtiyozli shakllantirilishi va taqsimot jarayonlari batafsil muhokama qilindi. Rektor barcha jarayonlar shaffoflik va ochiqlik tamoyillari asosida amalga oshirilishini qat’iy ta’kidladi. Ma’lumot uchun: mazkur turar-joy majmuasi universitet jamoasi uchun nafaqat uy-joy masalasini hal qilish, balki xodimlar ijtimoiy kafolatlarini kuchaytirish, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.