logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari agrar universitetlari rektorlarining 4-Forumida Toshkent davlat agrar universiteti hamda Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli Nanjiang qishloq xo’jaligi universiteti bilan memorandum imzolandi.

view 65

Toshkent davlat agrar universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya Qozogʻistonning Olmaota shahrida boʻlib oʻtayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari agrar universitetlari rektorlarining 4-Forumida ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik. Hech birimizga sir emaski yildan yilgan universitetimizning xalqaro maydonlardagi hamkorlari salmog'i yil sayin ortib bormoqda. Mazkur forum doirasida bir qator manfaatli kelishuvlarga erishilib, shartnomalar imzolandi. Jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli Nanjiang qishloq xo'jaligi universiteti bilan memorandum imzolandi. Kelgusida ilmiy loyihalarni amalga oshirish, professor-o'qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo'lga qo'yish, shu bilan bir qatorda ushbu oliygoh tasarrufidagi 3 ta ilmiy jurnalda TDAU tadqiqotchilarining izlanishlari natijalarini nashr qilish borasida kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.