Toshkent davlat agrar universitetining “Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit” kafedrasi mudiri, professor J.Razzakov tomonidan “Kelajakka qadam” markazida “Startap g‘oyalarni MVP darajasiga yetkazish va moliyalashtirish tartibi” mavzusida amaliy seminar-trening o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli qarori ijrosi doirasida tashkil etildi. Seminarda innovatsion yondashuvlar, moliyaviy ko‘mak mexanizmlari va zamonaviy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash usullari yuzasidan amaliy bilimlar berildi. Ushbu uchrashuv yoshlarda startap ko‘nikmalarini shakllantirish va ijodiy salohiyatni yuzaga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumot o’rnida, bu kabi seminarlar davom etadi.
Startapdan muvaffaqiyat sari: yoshlar uchun amaliy seminar
6 May 2025
