Toshkent davlat agrar universitetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori To‘xtamurod Atakulov, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Gulnoza Shodmonova hamda boshqa mas’ullar tomonidan Toshkent viloyati, Qibray tumanida istiqomat qiluvchi talabalarning ijara xonadonidagi yashash sharoitlari o‘rganildi. O‘rganish davomida talabalarning yashash sharoitlari, xonadonning sanitariya-gigiyenik holati hamda ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, talaba qiz bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, uning kundalik hayoti, o‘qish jarayoni, qiziqishlari, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi va mutolaa qilayotgan kitoblari haqida fikr almashildi. Kitobxonlikning bilim doirasini kengaytirish, dunyoqarashni boyitish va shaxsiy kamolotga erishishdagi ahamiyati ta’kidlandi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


