Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov topshirig‘i asosida 14- va 15-sonli talabalar turar joylarida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jarayonda texnik-foydalanish va xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i F.Abdullayev boshchiligidagi duradgor xodimlar va ko‘ngilli talabalar faol ishtirok etmoqda. Ular 5 muhim tashabbus xonalari, kutubxona, oshxona, dars xonalari hamda qavatlarni ko‘zdan kechirib, mavjud muammolarni bartaraf etish ustida ish olib bormoqda.
2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida barcha talabalar turar joylarida rang berish, jihozlarni ta’mirlash va infratuzilmani yaxshilash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mazkur chora-tadbirlar talabalarga yanada qulay, xavfsiz va samarali muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

