Ta‘lim sifatini nazorat qilish bo’limi

-
+998935568833
-
Dushanba-Juma 09:00 18:00
-
namozov@mail.ru
Talim sifatini nazorat qilish bo‘limi haqida:
Bо‘lim о‘z faoliyatini О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonuni, О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Universitet rektori buyruqlari va qonuniy kо‘rsatmalariga, shuningdek Bо‘lim tо‘g‘risidagi Nizomga muvofiq olib boradi. Bо‘limda amalga oshirilgan ishlar, muammolar va kamchiliklar tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda Universitet rektori, о‘quv ishlari bо‘yicha prorektorga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etadi.
1
Ta’lim sifati ustidan doimiy nazorat olib borish, ichki va tashqi auditlarni tashkil qilish.ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, о‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;
2
Universitetda ta’lim jarayoni sifatini, uning о‘quv adabiyotlari va о‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini о‘rganish;
3
Universitet talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini о‘rganib borish, tahlil qilish;
4
Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;
5
Universitetni ichki attestatsiyadan о‘tkazishni tashkil etish, natijalari bо‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni institut rektoriga hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etish;
6
Attestatsiya, ta’lim sifatini о‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda Universitetda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni о‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat о‘rnatish;
7
Ta’lim sifatini belgilovchi kо‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
8
Ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-о‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
9
Universitetning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bо‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yо‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni о‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bо‘yicha universitet rahbariyatiga takliflar kiritish;
10
Universitet professor-о‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan о‘tganligini yoki mos ixtisoslik bо‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini о‘rganish va xulosalarni о‘quv ishlari bо‘yicha prorektor bilan kelishgan holda Universitet rektoriga ma’lum qilish;
11
Universitetning о‘quv bо‘limi bilan hamkorlikda о‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;
12
Ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bо‘yicha takliflar berish;
13
Universitetda talabalar amaliyotining ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
14
Davlat inspeksiyasining topshirig‘iga binoan Universitet reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni tо‘plashda, о‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini о‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;
15
Davlat inspeksiyasining topshirig‘iga binoan Universitet reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni tо‘plashda, о‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini о‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;Universitetdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini о‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-о‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari о‘rtasida ijtimoiy sо‘rovlar о‘tkazish;
16
Bо‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi yoki xalqaro loyihalar va Universitet hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli о‘quv va ilmiy markazlari tajribasini о‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish;
17
Universitet reytingini xalqaro darajaga kо‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni universitet rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;
18
Universitet tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan о‘quv seminarlari va treninglarni о‘tkazish;
19
Universitetda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qо‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda о‘tkazib borish;
20
Ta’lim sifati holatini о‘rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni Universitet rahbariyatiga taqdim etish.