logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU Art Club yangi ijodkorlarni jamoaga chorlaydi!

view 40

Toshkent davlat agrar universiteti Art Club jamoasi o‘z iste’dodini namoyon etish, ijodiy g‘oyalarini amalga oshirish va yangi ko‘nikmalarni egallash istagidagi talabalarni hamkorlikka taklif etadi.

➡️Rasm chizish, dizayn, san’at va kreativ loyihalarga qiziqasizmi? Unda ushbu jamoa siz uchun ajoyib imkoniyat Bu yerda eng muhimi — mukammal chizish emas, balki ijodga bo‘lgan qiziqish, yangilikka intilish va o‘z ustida ishlash istagidir.

✅Biz bilan birga ijod qiling, o‘rganing va rivojlaning!

📩 Jamoaga qo‘shilish va murojaat uchun:

👤 Mas’ul: @Maxsuma_sayfullayeva 📞 Telefon: +998 97 884 10 26

✨ Balki, Art Club jamoasining navbatdagi iste’dodli a’zosi aynan sizdirsiz!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.