logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU barcha soha mutaxassislari, yosh olimlar va talabalarni navbatdagi ilmiy tadbirga taklif etadi!

view 56

Davlatimiz rahbarining 2025-yil 10-dekabrdagi topshiriqlari ijrosini ta’minlash, xususan, chorvachilikda “ilm-fan – ta’lim – ishlab chiqarish” integratsiyasini kuchaytirish maqsadida universitetimizda ilimy-amaliy seminar tashkil etiladi.
Mavzu: “Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda quyonlarda fistula qo‘yish jarrohlik amaliyoti orqali oziq moddalarning hazm bo‘lish jarayonlarini o‘rganishning ilmiy asoslari”.
Seminar mehmoni: O‘zbekiston Milliy universiteti professori, akademik B.Z. Zaripov.
Tadbir davomida akademik rahbarligida quyonlarda fistula qo‘yish bo‘yicha noyob jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Bu usul oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda chorva mollarining hazm qilish tizimini ilmiy asosda o‘rganish va mahsulotdorlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Vaqti: 2026-yil 6-may, soat 10:00
Manzil: TDAU, “Inno Vet Clinic” innovatsion klinikasi
Ilm-fan va amaliyot uyg‘unligiga qiziquvchi barchani kutib qolamiz!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.