logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU da Ilmiy kengashning 10/11-sonli yig’ilishi bo’lib o’tdi

view 53

Toshkent davlat agrar universitetida universitet faoliyatining dolzarb yo‘nalishlari va kelgusi strategik rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni universitet rektori Narzullo Oblomuradov ochib berar ekan, Davlatimiz rahbarining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-sonli qarori mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtaldi. Mazkur qaror asosida universitetni 2030-yilga qadar dunyoning TOP–500 talik oliy ta’lim muassasalari qatoriga kiritish, ta’limni raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish kabi strategik vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, "Kelajak fermerlari" dasturi, dual ta’lim tizimi hamda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi. Kengash kun tartibida bir qator muhim hisobotlar tinglandi: Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar (I. Isroilov); O‘quv-ilmiy tajriba xo‘jaligining istiqbolli rejalari va ilmiy salohiyatni oshirish masalalari (K. Sultonov);
Xalqaro hamkorlik va transformatsiya jarayonlarining yarim yillik natijalari (F. Yaqubov); O‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik va mavjud tizimni takomillashtirish (S. Boboyev).
Yig‘ilishda nafaqat ta’lim, balki ijtimoiy masalalar ham ko‘rib chiqildi. Xususan, universitet Uy-joy komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Rektor tomonidan universitetda “Shaxmat klubi” tashkil etish hamda fakultetlarda sport turlarini ixtisoslashtirilgan holda rivojlantirish tashabbusi ilgari surildi. Ilmiy kengashning eng hayajonli qismida ilm-fan yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib, “Dotsent” ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan ustozlarimiz munosib taqdirlandilar. Ularning zahmatli mehnatlari butun jamoa tomonidan e’tirof etildi.
Shuningdek, yoshlarning bilimga bo‘lgan ishtiyoqini rag‘batlantirish maqsadida “Moliyaviy savodxonlik” tanlovi g‘oliblariga tantanali ravishda diplomlar topshirildi:


Sayfullayeva Maxsuma
(Turkum fanlar va Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha 1-o‘rin);
Abduraxmonova Diyora
(2-o‘rin);
Yunusova Gulchiroy
(3-o‘rin);
Isambayev Muxiddin
(B kategoriya bo‘yicha 1-o‘rin).
Universitet jamoasi barcha g‘oliblarni va ilmiy unvon olgan ustozlarni samimiy muborakbod etib, ularga agrar soha rivoji yo‘lida ulkan zafarlar tilaydi!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.