logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU da salomatlik tadbirlari ikkinchi kunda ham davom etmoqda

view 12

Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent davlat tibbiyot universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik kelishuvi ijrosini ta’minlash hamda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar doirasida boshlangan keng ko‘lamli profilaktik tadbir bugun ikkinchi kun ham o‘z ishini davom ettirmoqda. Mazkur jarayonda Toshkent davlat tibbiyot universitetining malakali shifokorlari tomonidan universitet professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari, talabalari hamda universitetga yondosh Oybek va Bobur mahallalarining fuqarolari chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Jamoa a’zolarining salomatligini muntazam nazorat qilish, kasalliklarni erta aniqlash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga qaratilgan ushbu tadbir davomida mutaxassislar tomonidan umumiy tibbiy tekshiruvlar o‘tkazilib, har bir ishtirokchiga zarur tibbiy maslahat va tavsiyalar berib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.