Toşkent davlat agrar universiteti delegatsiyasi Moskvada bölib ötgan “AgroNTRI–2026” xalqaro tanlovining AgroInter Sçool superfinalida Özbekiston nomidan iştirok etdi. Xalqaro bellaşuvda Misr, Möğuliston, Özbekiston, Qirğiziston va Abxaziyadan kelgan yoşlar öz bilim va amaliy könikmalarini namoyiş etdi. TDAU vakillari ham xalqaro jamoalar bilan bir qatorda qişloq xöjaligi robototexnikasi, zamonaviy agrotexnologiyalar va innovatsion yeçimlar yönalişidagi bilim hamda tajribalarini namoyon etdi. Superfinal iştirokçilar uçun nafaqat özaro bellaşuv, balki yangi bilimlarni egallaş, ilğor texnologiyalar bilan tanişiş va turli mamlakatlar yoşlari bilan tajriba almaşiş imkoniyatiga aylandi. Jumladan, tanlov davomida iştirokçilar qişloq xöjaligi robototexnikasi, sun’iy yöldoş tasvirlari bilan işlaş hamda muhandislik könikmalarini rivojlantiriş böyiça amaliy tajribaga ega böldi. TDAU delegatsiyasi vakillari xalqaro tanlov yoşlarni ilm-fan va amaliyot atrofida birlaştiruvçi, bilim, ğoya va tajriba almaşiş hamda mamlakatlar yoşlari örtasida döstlik aloqalarini mustahkamlaşga xizmat qiluvçi muhim maydon ekanini ta’kidladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



