Tashrif doirasida universitetimizning “Mevachilik va uzumchilik” kafedrasi mudiri I. Namozov hamda katta o‘qituvchisi Sh. Valiyeva Janubiy Koreyaning Chungnam Milliy universiteti rektori, professor Kim Jeong Kyoum boshchiligidagi mas’ullar tomonidan samimiy kutib olindi. Uchrashuv davomida delegatsiya a’zolari universitetning o‘quv binolari, zamonaviy jihozlangan laboratoriyalari, ta’lim muhitiga innovatsion yondashuv hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Suhbat yakunida Toshkent davlat agrar universiteti rektori nomidan Chungnam Milliy universitetiga esdalik sovg‘asi topshirildi. O‘z navbatida, professor Kim Jeong Kyoum ham TDAU rahbariyatiga universiteti nomidan ramziy sovg‘a taqdim etdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

