logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Qozogʻistonning Olmaota shahrida boʻlib oʻtayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari agrar universitetlari rektorlari 4-Forumida Toshkent davlat agrar universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda

view 132

Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov boshchiligidagi bir guruh professor-o'qituvchilar Qozogʻistonning Olmaota shahrida boʻlib oʻtayotgan muhim xalqaro tadbirda ishtirok etmoqda. “Silk Road Agricultural Education and Research Innovation Alliance” tomonidan tashkil etilgan 10 yillik anʼanaviy konferensiya davomida Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari agrar universitetlari rektorlarining 4-Forumi ham bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda qishloq xoʻjaligi taʼlimi, ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinmoqda. Forumning asosiy maqsadi ilmiy va oliy taʼlimdagi hamkorlikni chuqurlashtirish hamda kelajak qishloq xoʻjaligini birgalikda rivojlantirish.

Tadbir davomida turli davlatlardan hukumat vakillari, yetakchi mutaxassislar va olimlar o‘z tajriba va qarashlarini bayon etdi. Ushbu xalqaro uchrashuv Toshkent davlat agrar universitetining global miqyosdagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashda muhim qadamlardan biri boʻlib xizmat qiladi

Shuningdek o'qing

Toshkent davlat agrar universiteti vakillari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida Germaniyaning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamiyati (GIZ) tomonidan tashkil etilgan “Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish sohalari uchun kasbiy ta’lim” (PECA) mintaqaviy loyihasining yakuniy kanferensiyada ishtirok etdi.
Jarayon

Toshkent davlat agrar universiteti vakillari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida Germaniyaning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamiyati (GIZ) tomonidan tashkil etilgan “Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish sohalari uchun kasbiy ta’lim” (PECA) mintaqaviy loyihasining yakuniy kanferensiyada ishtirok etdi.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.