logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU dotsenti Baku shahridagi «Caspian Agro Week 2026» xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

view 63

Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti I.R. Saidov ayni kunlarda Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida o‘tkazilayotgan nufuzli "Caspian Agro Week 2026" xalqaro agro ko‘rgazmasida universitetimiz nomidan ishtirok etmoqda. Mazkur xalqaro platforma qishloq xo‘jaligi sohasidagi eng so‘nggi innovatsiyalar, ilg‘or texnologiyalar va global tajriba almashinuvi uchun dunyoning yetakchi mutaxassislarini bir nuqtada jamlagan. I.R. Saidov ko‘rgazma doirasidagi ilmiy-amaliy uchrashuvlarda faol qatnashib, o‘zining ilmiy izlanishlari natijalarini xalqaro hamjamiyatga taqdim etmoqda. Jumladan, xorijiy hamkorlar bilan istiqbolli qo‘shma loyihalar yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda, bu esa TDAUning global ilmiy maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tadbir davomida namoyish etilayotgan zamonaviy agrotexnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni respublikamiz qishloq xo‘jaligi amaliyotiga joriy etish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Ko‘rgazmada dunyoning turli nuqtalaridan kelgan yetakchi olimlar va soha vakillari bilan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning yangi yechimlari muhokama qilinmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.