Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi “Asalarichilik” markazida 2026-yil 12–17-oktabr kunlari asalarichilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik subyektlari mutaxassislari va havaskor asalarichilar uchun ko‘rgazmali o‘quv seminari hamda qisqa muddatli o‘quv kursi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur o‘quv tadbiri Prezidentimizning 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. O‘quv kursida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Toshkent viloyatlaridan kelgan asalarichilar ishtirok etib, sohadagi zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or tajribalar va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilarga quyidagi yo‘nalishlarda nazariy va laboratoriya darslari o‘tkazilmoqda:
- Smart AI — aqlli asalari uyalari tizimi va zamonaviy raqamli texnologiyalar;
- sun’iy usulda ona asalari yetishtirish texnologiyalari;
- asalarilar uchun oqsilli ozuqa tayyorlash usullari;
- laboratoriya sharoitida asal sifatini tahlil qilish.
O‘quv dasturi ishtirokchilarning kasbiy bilim va malakasini oshirish, asalarichilik xo‘jaliklarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda mahsulot sifatini yaxshilashga qaratilgan. Kurs yakunida tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi. Ushbu jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Asalarichilikni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi F. Qodirov, O‘zbekiston asalarichilari uyushmasining yetakchi mutaxassisi N. Barakayev hamda Toshkent davlat agrar universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S. Boboyev ishtirok etdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:







