logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU: ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi amalda

view 19

Toshkent davlat agrar universitetining 95 yilligi doirasida universitet bilan tuzilgan hamkorlik shartnomalaridan yana biri ishlab chiqarish jarayoniga keng joriy etilmoqda. Universitet professor-o‘qituvchilari hamda “Ifoda Agro Kimyo Himoya” MChJ bilan tuzilgan shartnoma asosida Toshkent viloyati Piskent tumani “Uchqun Agrobiznes” fermer xo‘jaligiga qarashli sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida ekilgan kuzgi boshoqli don ekinlari maydonida navbatdagi monitoring va fenologik kuzatuvlar olib borildi. Kuzatuvlar davomida bug‘doyni oziqlantirish maqsadida olib borilayotgan tadqiqotlarning har bir konturida boshoqli don ekinlarining o‘sishi, rivojlanishi va tuplash jarayonlari kuzatildi. Shu bilan birga, tuproq namligi, tuproqdagi mikroelementlar miqdori hamda sho‘rlanish darajalari dalaning o‘zida aniqlanib, elektron ma’lumotlar Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasida tashkil etilgan laboratoriyaga yuborildi. Hududda turli variantlarda ekilgan kuzgi bug‘doy maydonlarida fenologik ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, tuproq tahlillari uchun namunalar olindi. Tasdiqlangan shartnoma asosida tanlangan hududdagi boshoqli don ekinlarida doimiy ravishda tahlil, monitoring hamda fenologik kuzatuv ishlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.