Toshkent davlat agrar universiteti Ishchi guruhi ayni kunlarda Buxoro viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-sonli qarori ijrosini ta’minlash, xususan, agrar sohada ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yangi bosqichga olib chiqish borasida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
O’rganish doirasida Ishchi guruh qaror bilan tashkil etilgan Agrar ta’lim-ishlab chiqarish kooperatsiyasi tarkibidagi Buxoro viloyatidagi 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Jarayonda maktabning moddiy-texnik bazasi, sinf xonalarining holati, kutubxona fondi hamda dars berayotgan o‘qituvchilarning malaka darajasiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, hududda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, ushbu maktab 1 176 o‘rinli bo‘lib, o‘quvchilar qamrovi 100 foizni tashkil etadi. Maktabdagi ta’lim sifati yuqori darajada bo‘lib, joriy yilgi 54 nafar bitiruvchining 31 nafari turli fanlardan xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘lishgan.
Quvonarlisi, mazkur bitiruvchilarning 16 nafari kelajakda o‘z faoliyatini agrar soha bilan bog‘lashni maqsad qilib, Toshkent davlat agrar universitetida tahsil olish istagini bildirishgan.
Ijtimoiy tarmoqlar:






