Toshkent davlat agrar universitetida professor-o’qituvchilar o’rtasida sport va intellektual salohiyatni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan TDAU Kubogi musobaqalari yuqori saviyada o‘tkazilib, muvaffaqiyatli yakunlandi. Mazkur musobaqalar universitet hayotida muhim sport bayramiga aylanib, professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlarni bir maqsad yo‘lida birlashtirdi. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar volleybol, futbol, shaxmat, shashka hamda stol tennisi kabi sport turlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.Musobaqalar yakuniga ko‘ra, barcha sport turlarida barqaror va faol ishtiroki bilan ajralib turgan hamda eng ko‘p medal sohibiga aylangan Agromuhandislik va agrotexnologiya fakulteti umumjamoa hisobida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, TDAU Kubogi sohibiga aylandi. O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti faxrli 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti 3-o‘rin bilan taqdirlandi.
Quvonarlisi shundaki, TDAU Kubogi musobaqalari nafaqat g‘olib va sovrindorlarni aniqladi, balki universitet jamoasi o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhitini yanada mustahkamladi. Ushbu sport musobaqalari professor-o’qituvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda, ularning jismoniy va intellektual rivojiga xizmat qiluvchi muhim tadbir bo‘lib tarixda qoldi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



