logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU olimlari Boyovut tumanidagi maktab o‘quvchilari uchun mahorat darslari tashkil etdi

view 17

Toshkent davlat agrar universiteti olimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–135-son qarori ijrosi doirasida Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 6-umumta’lim maktabida bo'lib, o‘quvchilar uchun mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etdi. Mahorat darslarida TDAU Tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti Foziljon Saitqulov tomonidan o‘quvchilarga mahorat darsi o‘tkazilib, fanlarni chuqur o‘rganish va ilmiy izlanishlarga qiziqishni oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Kafedraning katta o‘qituvchisi Avaz Islomov botanika fanidan dala amaliyotini tashkil etib, o‘quvchilarni o‘simliklar dunyosi, ularning tuzilishi va tabiatdagi ahamiyati bilan yaqindan tanishtirdi. Shuningdek, kimyogar To‘raqul Eshboboyev tomonidan qiziqarli kimyoviy tajribalar namoyish etildi. Jonli tajribalar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otib, kimyo fanining amaliy imkoniyatlarini yanada yaxshiroq anglashga yordam berdi. Mazkur mashg'ulotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — maktab o‘quvchilarining tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish hamda nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan mustahkamlashdan iborat bo'ldi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.