O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida professional kadrlar tayyorlash, zamonaviy issiqxona texnologiyalarini joriy etish hamda ilg‘or tajribalarni amaliyotda qo‘llash maqsadida Toshkent davlat agrar universitetining o‘quv-ilmiy tajriba xo‘jaligida gidroponika usulida tashkil etilgan issiqxonada yangi loyiha yo‘lga qo‘yildi.
AKIS markazida Janubiy Koreyalik professor Seong Gi Deok rahbarligida, Mevachilik va uzumchilik kafedrasi professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va talabalari hamkorligida Sulxiyang navli, O‘zbekiston iqlim sharoitiga moslashtirilgan qulupnay ko‘chatlaridan 4000 tasi ekildi. Ushbu loyiha doirasida fermerlarga gidroponika texnologiyasida qulupnay yetishtirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar beriladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


