Qishloq xo‘jaligi tizimidagi tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar va davlat tilini joriy etish holatini o‘rganish jarayonida faol ishtirok etgan Toshkent davlat agrar universitetining bir qator professor-o‘qituvchilari Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Mazkur tashakkurnomalar Qishloq xo’jaligi vazirining maslahatchisi E.Abdualimov tomonidan topshirildi.
Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida targ‘ibot va uslubiy yordam ko‘rsatgan fidoyi ustozlarimiz ushbu yo‘nalishdagi tashabbuskorliklari bilan e’tirofga loyiq topildi. Mazkur yutuq universitetda ilmiy va ma’naviy muhit izchil yo‘lga qo‘yilganidan dalolat beradi.