Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi hamda chorvachilik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish maqsadida Xitoyning Shinjon qishloq xo‘jaligi universitetida “Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun amaliy qishloq xo‘jaligi va chorvachilik texnologiyalari bo‘yicha birinchi kompleks o‘quv dasturi” mavzusida xalqaro o‘quv seminari tashkil etildi. Ushbu seminar-treningda Toshkent davlat agrar universitetining “Dehqonchilik va melioratsiya” kafedrasi mudiri Sh.Axmurzayev ishtirok etmoqda. Seminar doirasida ilg‘or Xitoy tajribasi, agrotexnologiyalar va chorvachilik uslublari bilan tanishish, tajriba almashish hamda mintaqaviy barqaror taraqqiyot yo‘lida hamkorlikni kuchaytirish ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot o’rnida shuni aytish joizki, ilmiy-amaliy aloqalar ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlabgina qolmay, mintaqaviy taraqqiyotga ham xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar: