logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU prorektori ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi

view 177

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan “Umummilliy taraqqiyotning ijtimoiy-ma’naviy masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi. Anjumanda milliy qadriyatlar va til, yoshlar tarbiyasi, madaniyat va san’at rivoji, ijtimoiy barqarorlik hamda korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi.

Mazkur nufuzli tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Jasur Lapasov ham ishtirok etdi.
Konferensiya davomida bugungi globallashuv va kuchayib borayotgan axborot oqimlari sharoitida yoshlarni yot g‘oyalardan asrash, milliy qadriyatlarni zamonaviy taraqqiyot tamoyillari bilan uyg‘unlashtirish, oila va mahalla institutining rolini mustahkamlash kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.