Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov AQSHga xizmat safari doirasida Arizona universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, ilmiy salohiyatni oshirish hamda ta’lim sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan masalalar muhokama qilindi. Uchrashuvda, xususan, ikki tomonlama qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, agrar sohada ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, qo‘shma grantlar va innovatsion tashabbuslarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar yaqin kelajakda qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amaliy hamkorlikni bosqichma-bosqich kengaytirish bo‘yicha kelishib oldilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:


