Toshkent davlat agrar universiteti rektori N. Oblomuradov Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi doirasida College of Agriculture and Life Sciences (Qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar kolleji)da bo‘lib, hamkorlikning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha muzokaralar olib bordi.
Jarayon davomida tomonlar o‘rtasida akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va ilmiy tadqiqotlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilinib, universitetimiz talabalari uchun qisqa muddatli va semestrlik o‘quv dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlarini yaratishga doir kelishuvlarga erishildi.
Uchrashuvda zamonaviy agrotexnologiyalar, aqlli qishloq xo‘jaligi va innovatsion injiniring yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma Agromuhandislik maktabinii tashkil etish tashabbusi ham qo‘llab-quvvatlandi.
Tomonlar, shuningdek, yoshlar startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ikki davlatning inkubatsiya markazlari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash va istiqbolli talaba g‘oyalarini xalqaro dasturlar orqali rag‘batlantirish bo‘yicha ham fikr almashdilar.

