Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov kechki ta’limda o‘qiyotgan talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida ta’lim sifati, dars jarayonlari, amaliy mashg‘ulotlar, o‘qituvchilarning yondashuvi hamda talabalarni qiziqtirgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Rektor talabalarni tinglab, ularning o‘qish va ish faoliyatini uyg‘unlashtirishdagi qiyinchiliklari, darslarning muntazamligi, amaliyot bilan bog‘liq ehtiyojlari va boshqa muammolar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Muammolar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Uchrashuv yakunida rektor talabalarni faol bo‘lishga, xorijiy tillarni mukammal o’rganishga chaqirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:




