Toshkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblamuradov Qibray tumanidagi 46-sonli umumta’lim maktabi bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan samimiy muloqot o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvda yoshlarni kasbga yo‘naltirish, ularning oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kelajakda agrar sohaning yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlarida universitetda yaratilgan imkoniyatlar tushuntirildi.
Xususan, oliygohda zamonaviy ilm-fan yutuqlarini egallash uchun tashkil etilgan innovatsion laboratoriyalar, xalqaro hamkorlik dasturlari va xorijda malaka oshirish istiqbollari alohida qayd etildi. Shuningdek, talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan sport, san’at va madaniyat to‘garaklari hamda yoshlar ittifoqi qoshidagi loyihalar bitiruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Uchrashuv yakunida Narzullo Oblamuradov o‘quvchilarni qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirishga hissa qo‘shishga chorlab, bilim olishdan aslo to‘xtamaslik lozimligini ta’kidladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:






