Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov boshchiligida universitet infratuzilmasini yaxshilash, talabalar uchun qulay muhit yaratish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Rektor tashabbusi bilan talabalar turar joylari, talabalar oshxonasi hamda boshqa inshootlar ko‘zdan kechirilib, mavjud sharoitlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan topshiriq va ko’rsatmalar berildi. Jumladan, gullar parvarishi, tikuvchilik kabi foydali to‘garaklar sonini ko’paytirish taklif etildi.

