logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU talabalari uchun O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida sayyor dars tashkil etildi

view 10

Toshkent davlat agrar universiteti Sabzavotchilik va issiqxona xo‘jaligini tashkil etish kafedrasi dotsenti D.M. Yakubova tomonidan Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakultetining 4-bosqich, 22–54-guruh talabalari uchun sayyor dars tashkil etildi. Sayyor dars davomida talabalar O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishdi. Ularga Milliy genbank faoliyati, sabzavot va poliz ekinlari nav namunalarini sof holda saqlash texnologiyalari, uzum genetik resurslari hamda dala genbanki bo‘limlari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, tajribalar o‘tkazish sxemalari, yangi yaratilayotgan navlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan tushunchalar berildi. Mazkur sayyor dars talabalar bilimini mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.