Toshkent davlat agrar universitetida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash hamda madaniy hordiq chiqarishlari uchun “Talabalar oqshomi” tashkil etildiTadbir davomida talabalar uchun jonli musiqa, kuy-qo‘shiqlar, raqslar va turli ko‘ngilochar dasturlar namoyish etildi. Yoshlar faol ishtirok etib, o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini namoyon qildilar. Samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan oqshom talabalarga o‘quv jarayonidan tashqari mazmunli hordiq chiqarish, tengdoshlari bilan muloqot qilish va yangi taassurotlar olish imkonini berdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:










