Xitoy Xalq Respublikasining Shanghai shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Xalqaro Taiji” musobaqasida Toshkent davlat agrar universiteti talabalari — M.To‘lagenova va R.Pulatova muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Ushbu musobaqada ular Anhui qishloq xo‘jaligi universitetining almashinuv dasturi doirasida qatnashib, dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan yetuk sportchilar bilan bellashdilar. Talaba qizlarimiz yuqori mahorat, jismoniy tayyorgarlik va kuchli irodani namoyon etib, faxrli Oliy birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldilar.
Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi g‘olib talabalarning ushbu yuksak natijalarini samimiy muborakbod etadi va ularga kelgusi faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar tilaydi!
Ijtimoiy tarmoqlar: