Toshkent davlat agrar universiteti hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida muhim ijtimoiy aksiya o‘tkazildi. Uch kun davomida universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari, talabalari hamda yaqin atrofdagi “Oybek” va “Bobur” mahallasi fuqarolari bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘riklarning so‘nggi kunida fidoiy tibbiyot xodimlari uchun maxsus tadbir tashkil etildi. Unda universitet nuroniy ustozlari, Nuroniylar kengashi raisi H.Sheraliyev hamda O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri S.Xolmirzayevalar so‘zga chiqib, shifokorlarning inson salomatligi yo‘lidagi xizmatlarini e’tirof etdilar. Universitet rahbariyati tomonidan barcha tibbiyot xodimlariga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bunday hamkorlik tadbirlari jamoamiz va mahalla ahlining salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy tarmoqlar:





