Toshkent davlat agrar universitetining O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti, Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti, “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” fakulteti, Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti hamda Zooinjeneriya fakulteti tyutorlari tomonidan talabalar turar joylari va ijarada yashayotgan talabalar holidan xabar olindi. Jarayon davomida talabalarning yashash sharoitlari, xonalar tozaligi, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi, xavfsizlik choralari, isitish va elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish holatlari atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, talabalar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning o‘qishga bo‘lgan munosabati, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishi, kitob mutolaasi, chet tillarini o‘rganish, kompyuter savodxonligini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi. Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, talabalar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash maqsadida davra suhbatlari hamda iftorlik dasturxonlari tashkil etildi. Bir dasturxon atrofida jam bo‘lish, o‘zaro fikr almashish va samimiy muloqot qilish talabalarning jamoaviylik ruhini yanada mustahkamladi. Talabalik — bu nafaqat bilim olish, balki unutilmas xotiralar, samimiy do‘stlar va birgalikdagi quvonchli lahzalardir.
Ijtimoiy tarmoqlar:
Shuningdek o'qing

