logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU va Pekin kimyo-texnologiya universiteti o‘rtasida strategik hamkorlik o‘rnatildi

view 210

Toshkent davlat agrar universitetida xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida Pekin kimyo-texnologiya universiteti delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya a’zolarini universitet rektori Narzullo Oblomuradov kutib olib, tomonlar o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi istiqbolli rejalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
Muloqot davomida zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, barqaror rivojlanish tamoyillari asosida ilmiy salohiyatni oshirish hamda xalqaro akademik integratsiyani chuqurlashtirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi. Tomonlar qishloq xo‘jaligida kimyoviy texnologiyalarning o‘rni va ushbu yo‘nalishda qo‘shma innovatsion yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.

Samarali muzokaralar yakunida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjatga ko‘ra, endilikda talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini hayotga tatbiq etish, xalqaro grant dasturlarida birgalikda ishtirok etish hamda eng muhimi, zamonaviy talablarga javob beradigan qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.