Toşkent davlat agrar universitetida Xalqaro hamkorlik, transformatsiya va strategik rivojlaniş böyiça prorektor Aziz Abduvasikov hamda K. I. Skryabin nomidagi Qirğiziston Milliy agrar universiteti rektori Nurzat Ermekovna Totubayeva va xalqaro aloqalar hamda investitsiyalarni jalb qiliş böyiça prorektori Aijan Tolobekova iştirokida uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuvda ikki universitet örtasida ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Xususan, talabalar almaşinuv dasturlarini rivojlantiriş, professor-öqituvçilar va tadqiqotçilar örtasida tajriba almaşinuvini yölga qöyiş, qöşma ilmiy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarni amalga oşiriş istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Muzokaralar davomida mevaçilik va boğdorçilik sohalarida hamkorlikni rivojlantiriş masalalari ham körib çiqildi. Jumladan, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş, ilğor tajribalarni örganiş, ilmiy-amaliy tadqiqotlarni birgalikda olib boriş va özaro manfaatli loyihalarni işlab çiqiş imkoniyatlari yuzasidan fikr almaşildi. Şuningdek, har ikki oliy ta’lim muassasasining ilmiy salohiyatidan samarali foydalaniş, akademik mobillikni kengaytiriş hamda talabalar va yoş tadqiqotçilar uçun yangi ta’lim va ilmiy imkoniyatlarni yaratiş masalalari muhokama qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlar:




