logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU va Safia o’rtasida barqaror rivojlanish va innovatsion ta’lim yo‘nalishida yangi hamkorlik

view 44

Toshkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomuradov hamda "Safia Cafe & Bakery" yirik qandolatchilik kompaniyasining ESG bo‘limi rahbari Surayyo Aliyeva o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda nafaqat ta’lim, balki ekologiya va innovatsiyalarni o‘z ichiga olgan bir qator istiqbolli loyihalar muhokama qilindi. Xususan: Universitet hududida innovatsion markaz: Safia filiali bilan birga kichik ishlab chiqarish va test markazi hamda bio-qadoqlash laboratoriyasini tashkil etish; Yashil texnologiyalar: Chiqindidan energiya va o‘g‘it ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish; Ekologiya maktabi: ESG (ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) tamoyillari asosida ta’lim va amaliy ekologiya maktabini yaratish; Dual ta’lim va amaliyot: Oziq-ovqat texnologiyasi, Agronomiya, Ekologiya hamda Meva-sabzavotchilik yo‘nalishi talabalari uchun "Dual ta’lim", "Organic farming" va "Green Day" dasturlarini joriy etish. Ushbu hamkorlik talabalarning nazariy bilimlarini bevosita amaliyotda, zamonaviy brend tajribasi asosida mustahkamlashga, shuningdek, universitet hududida ekologik toza va innovatsion ekotizim yaratishga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.