logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU va “Toşkent issiqlik markazi” örtasida taʼlim va işlab çiqariş integratsiyasi rivojlantirilmoqda

view 8

Toşkent davlat agrar universitetida universitet hamda “Toşkent issiqlik markazi” MÇJ vakillari iştirokida hamkorlik uçraşuvi bölib ötdi. Uçraşuvda universitetning ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori Maʼruf Djiyanov, öquv işlari böyiça prorektori Sayfulla Boboyev, Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti dekani Jamoliddin Eşonqulov, “Karyera va bandlik” markazi rahbari Çorşanbi Bekkamov, kafedra professor-öqituvçilari, korxona vakillari hamda talabalar iştirok etdi.
Muloqot davomida Elektr muhandisligi, Qayta tiklanuvçi energiya manbalari, Texnologik jarayonlar va işlab çiqarişni avtomatlaştiriş taʼlim yönalişlari talabalari uçun dual taʼlim va işlab çiqariş amaliyotini taşkil etiş masalalari muhokama qilindi. Xususan, talabalarni korxonada amaliy maşğulotlarga jalb etiş, tajribali muhandis va mutaxassislar iştirokida kasbiy könikmalarini rivojlantiriş, zamonaviy işlab çiqariş texnologiyalari bilan yaqindan taniştiriş hamda bitiruvçilar bandligini taʼminlaşga qaratilgan takliflar ilgari surildi.
Şuningdek, Özmilliybank AJning “Kelajakka qadam” markazi bilan hamkorlikda talabalarning tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, istiqbolli loyihalarni moliyalaştiriş va yoşlarning iqtisodiy faolligini oşiriş imkoniyatlari yuzasidan fikr almaşildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

No posts

1930-yilda Örta Osiyo davlat universitetining qişloq xöjaligi fakulteti negizida Örta Osiyo qişloq xöjaligi instituti taşkil etildi. 1934–1991-yillarda uşbu institut Toşkent qişloq xöjaligi instituti nomi bilan faoliyat yuritdi. 1991-yil aprel oyida institutga Toşkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.