Ayni damda Agroexpo markazida o’tkazilayotgan “AGROEXPO UZBEKISTAN 2025” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida Toshkent davlat agrar universiteti va Malayziyaning Vantex Academy (avval MERAQUE Academy nomi bilan tanilgan) o‘rtasida o‘zaro hamkorlikka oid Anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum Sun’iy intellekt (AI) bo‘yicha qo‘shma ta’lim va amaliyot dasturlari, dron texnologiyalarini rivojlantirish va kadrlar salohiyatini oshirish, robototexnika bo‘yicha malaka oshirish dasturlari, qishloq xo’jaligida yangi va ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha bilim, tajriba va ekspertiza almashinuvi bo’yicha keng ko’lamli hamkorlikni o’z ichiga oladi.
Ko‘rgazmadagi eng yirik va yagona rasmiy memorandum bo‘lgan ushbu hamkorlik hujjati universitetimizning xalqaro miqyosdagi innovatsion faoliyatiga yangi sur’at bag‘ishlaydi hamda agrar ta’limning zamonaviy texnologiyalar asosida yanada rivojlanishiga keng yo‘l ochishi hech shubhasiz.
Ijtimoiy tarmoqlar:



