Toshkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomuradov boshchiligidagi universitet vakillari Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan Bog‘bon agrokompleksiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida agrokompleksning zamonaviy faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Xususan, biotexnologik usullar asosida ko‘chat yetishtirilayotgan in vitro laboratoriyasi, xorijdan keltirilgan hamda mahalliy sharoitda ko‘paytirilayotgan sifatli va sertifikatlangan ko‘chatlar yetishtirish markazi, shuningdek, yong‘oq, bodom, gilos va boshqa istiqbolli mevali daraxt navlari o’rganildi.
Mazkur agrokompleksda qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar agrar sohada malakali kadrlar tayyorlash, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy tarmoqlar:





