logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU XALQARO HAMKORLIKNI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQDI: ITALIYA VA MARKAZIY OSIYO BIZNES-FORUMI YAKUNLARI

view 118

Toshkent shahrida 23-24-mart kunlari bo‘lib o‘tgan “Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” biznes-forumi agrar sohada xalqaro aloqalarni mustahkamlash uchun muhim platforma vazifasini o‘tadi. Mazkur nufuzli tadbirda Italiyadan 80 ta, O‘zbekistondan 100 dan ortiq hamda mintaqa davlatlaridan 50 dan ziyod agrobiznes subyektlari ishtirok etdi. Forum doirasida nafaqat biznes, balki fan, tadqiqot va ta’lim masalalariga bag‘ishlangan alohida sessiyalar tashkil etildi. Unda qishloq xo‘jaligida innovatsiyalarni joriy etish, akademik mobillik, sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari asosida raqamli monitoring hamda zamonaviy bilimlar transferi kabi dolzarb mavzular atroflicha muhokama qilindi. Toshkent davlat agrar universiteti forumda faol ishtirok etib, University of Pisa, (Italiya) National Research Council of Italy (CNR), Research Centre (CREA) kabi nufuzli muassasalar bilan hamkorlik kelishuvlarini imzoladi.
Ushbu kelishuvlar doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish hamda ilg‘or agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etish rejalashtirilgan.

Mazkur hamkorlik ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish bilan bir qatorda, inson kapitalini mustahkamlash va yosh mutaxassislarni agrar transformatsiya jarayonlariga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.