Toshkent davlat agrar universitetida muhandislik va innovatsiyalar yo‘nalishida yana bir yuksak natija qayd etildi. Universitet mezbonligida “Yosh muhandis” respublika musobaqasining Toshkent viloyati hududiy bosqichi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Mazkur bellashuvda viloyatning turli hududlaridan ishtirok etgan jamoalar o‘zaro kuch sinashdi. Quvonarlisi, Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi o‘zining kreativ yondashuvi va puxta ishlangan innovatsion loyihalari bilan hakamlar hamda ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Baholash me'zonlariga ko‘ra, universitetimizning bir guruh iqtidorli talabalari respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar:
Xojimurodov Sunnatilla
Xamrayeva Navro’za
Ruziyev Raxmatjon
Sayfullayeva Maxsuma
Raxmatova Feruza
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 28-fevralidan start olgan ushbu tanlovga qisqa muddat ichida 11 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilardan iborat 100 ga yaqin jamoa hujjat topshirgan. Bu kabi natijalar hududda yoshlar orasida muhandislik sohasi va startap madaniyatiga bo‘lgan qiziqish naqadar yuqori ekanligini yana bir bor isbotlamoqda.
Respublika bosqichiga yo‘l olgan talabalarimizga kelgusi bahslarda ulkan zafarlar tilaymiz!
Ijtimoiy tarmoqlar:



