Toşkent davlat agrar universitetida taʼlim sifatini oşiriş va xalqaro ilmiy tajribalarni ommalaştirişga qaratilgan muhim taşabbus amalga oşirildi. Universitet tomonidan agrar sohaning 12 ta taʼlim yönalişi böyiça dunyoning yetakçi olim va mutaxassislari tomonidan yaratilgan 14 ta xorijiy öquv hamda ilmiy adabiyot özbek tiliga tarjima qilinib, universitet kutubxonasi fondiga topşirildi. Mazkur adabiyotlar agronomiya, agromuhandislik, tuproqşunoslik, ösimliklar himoyasi, seleksiya va uruğçilik, meva-sabzavotçilik, uzumçilik, ipakçilik, akvakultura, dorivor ösimliklar, örmonçilik hamda qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş kabi yönalişlarni qamrab oladi.
Uşbu taşabbus natijasida:
Professor-öqituvçilar va talabalar uçun zamonaviy xorijiy bilimlardan özbek tilida foydalaniş imkoniyati kengaydi;
Taʼlim jarayoniga xalqaro ilmiy yutuqlar va ilğor tajribalarni tatbiq etiş uçun yangi manbalar yaratildi;
Özbek tilidagi zamonaviy agrar öquv adabiyotlari fondi boyitildi;
Ilmiy izlanişlar, mustaqil taʼlim va amaliy maşğulotlar uçun qöşimça imkoniyatlar yaratildi.
Tarjima qilingan barça 14 ta adabiyot universitet kutubxonasiga joylaştirilgan bölib, ulardan professor-öqituvçilar, ilmiy tadqiqotçilar va talabalar foydalanişlari mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar:
Shuningdek o'qing
No posts





