logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti kuni munosabati bilan xalqaro tadbir bölib ötdi

view 8

Toşkent davlat agrar universitetida Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT) kuni munosabati bilan xalqaro bayram tadbiri bölib ötdi. Unda BMT tizimidagi taşkilotlarning Özbekistondagi vakillari, universitet rahbariyati, professor-öqituvçilar, xodimlar, talabalar hamda hamkor taşkilotlar vakillari iştirok etdi.

➡️ Tadbirni Toşkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomuradov hamda BMTning Özbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Maçl oçib berdi.

Tadbirda, şuningdek, BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) vakili Şerzod Umarov, Xalqaro mehnat taşkilotining (ILO) katta koordinatori Yuri Sterk, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Oliver Stolpe hamda BMT Xotin-qizlar taşkilotining Özbekistondagi vakili Ceren Güven Güres iştirok etdi.

Tadbir doirasida universitetning “Böston” aşula va raqs ansambli a’zolari tomonidan milliy kuy-qöşiqlar va raqslarni öz içiga olgan badiiy çiqişlar namoyiş etildi. Uşbu çiqişlar milliy madaniyatimizning boyligi va öziga xosligini namoyon etdi. Şuningdek, universitet talabalari hamda BMT xodimlarining ijodiga mansub suratlar va san’at asarlari körgazmasi taşkil etildi. Körgazma iştirokçilarga ijodiy işlar bilan yaqindan tanişiş imkonini berdi. Qolaversa, ramziy daraxt ekiş marosimi ham bölib ötdi. Bu taşabbus atrof-muhitni muhofaza qiliş, ekologik barqarorlikni ta’minlaş va kelajak avlodlar uçun yaşil muhitni asraşga qaratilgan umumiy sa’y-harakatlarning ramzi böldi.

Ma’lumot uçun: Birlaşgan Millatlar Taşkiloti kuni har yili 24-oktyabrda nişonlanadi. Uşbu sana 1945-yil 24-oktyabrda BMT Nizomi kuçga kirgani bilan boğliq bölib, xalqaro tinçlik, xavfsizlik, hamkorlik va barqaror taraqqiyot ğoyalarini tarğib etadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.