Toshkent davlat agrar universitetida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi hamda fuqaro muhofazasi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi.
Tadbirni Toshkent davlat agrar universitetining moliya-iqtisodiyot masalalari bo‘yicha prorektori D. Mamadiyarov, Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i I. Baxronov hamda Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik M. Yunusov olib bordilar.
Seminarda universitetning kabinet mudirlari va laborantlari hamda boshqa xodimlari ishtirok etib, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, yong‘inlarning oldini olish hamda fuqaro muhofazasi sohasidagi amaldagi tartib va talablar yuzasidan nazariy hamda amaliy bilimlarini mustahkamladilar.
Seminar davomida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xodimlarning tezkor va to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda fuqaro muhofazasi bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlar:





